Oʻzbekistondagi tijorat tashkilotlarining 80 foizi MCHJlar hissasiga toʻgʻri keladi
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil 1 avgust holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 445 700 ta faol tijorat tashkiloti mavjud boʻlib, ulardan 356 812 tasi yoki 80,1 foizini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) tashkil etgan.

Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar Oʻzbekistondagi tijorat tashkilotlarining 80 foizini tashkil etadi.
Xususiy korxonalar soni 47 241 tani yoki umumiy hajmning 10,6 foizini, oilaviy korxonalar esa 37 345 tani yoki 8,4 foizini tashkil etdi.
Mamlakatda shuningdek, barcha tijorat tashkilotlarining 0,1 foizini tashkil etuvchi 646 ta aktsiyadorlik jamiyati hamda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga tegishli boʻlgan 3 653 ta yoki 0,8 foiz tashkilot mavjud boʻlgan.

