Iqtisodiyot

Oʻzbekistondagi Germaniya kompaniyalari sakkiz oyda 5,1 trln soʻm soliq toʻladi

Oʻzbekistondagi Germaniya kompaniyalari sakkiz oyda 5,1 trln soʻm soliq toʻladi

Oʻzbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar tomonidan toʻlangan soliqlar hajmi bir yil avvalgiga nisbatan 8 foizga oshdi.

Qayd etilishicha, hozir respublikada qariyb 300 ta Germaniya kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Ularda 46,6 ming nafar xodim ishlamoqda.

“Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy dinamikani namoyon etmoqda. Mehnatga haq toʻlash fondi esa qariyb 7 foizga oshgan”, deyiladi xabarda.

Yanvar-avgust oylarida Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar tomonidan 5,1 trln soʻmdan ortiq soliq toʻlangan. Ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 8 foizga koʻpaygan.

“Qoplab berilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) miqdori qariyb 219 mlrd soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan uchdan ikki qismdan ziyodga yuqori boʻlgan. Shu bilan birga, kompaniyalar 1,3 trln soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalangan”, deb maʼlum qildi qoʻmita.

Shuningdek, Oʻzbekistonda raqobatbardosh soliq stavkalari saqlanib qolayotgani taʼkidlangan. Xususan, foyda soligʻi 15 foiz, QQS esa 12 foiz stavkada undiriladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida 1999-yildan beri ikki yoqlama soliqqa tortishning oldini olish toʻgʻrisidagi bitim amal qilib kelmoqda.

Ikki mamlakat yetakchilari huzurida bir qator qoʻshma investitsiya va taʼlim loyihalariga start berilgan. Toshkent shahrida “Volksvagen” avtomobillarini yirik uzelli yigʻishni yoʻlga qoʻyish, Andijon viloyatida logistika markazi barpo etish, suyuq maishiy yuvish vositalarini ishlab chiqarish, temir yoʻl sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash hamda zamonaviy imtihon markazlarini ochish kabi loyihalar shular jumlasidan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.