Mahalliy

Oʻzbekistonda YEXHT ishtirokida qurol va portlovchi moddalarni aniqlash boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash boʻlib oʻtdi

Oʻzbekistonda YEXHT ishtirokida qurol va portlovchi moddalarni aniqlash boʻyicha mutaxassislar tayyorlandi

5–9 oktyabr kunlari Toshkentda qurol, oʻq-dorilar va portlovchi moddalarni aniqlash boʻyicha pet kunlik ixtisoslashtirilgan mintaqaviy oʻquv kursi oʻtkazildi.

Tadbir Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etildi, Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi esa uni oʻtkazish maydoniga aylandi.

Oʻquv dasturida Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va mezbon tomonning chegara hamda bojxona xizmatlarining 15 nafar xodimi ishtirok etdi. Jadal kurs noqonuniy tashilayotgan oʻqotar qurol va portlovchi moddalarni aniqlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga, shuningdek, instruktorlar malakasini oshirish va Markaziy Osiyo mamlakatlari kinologiya boʻlinmalari ishini baholash mezonlarini unifikatsiya qilishga qaratildi.

Amaliy mashgʻulotlar havo oqimlarini tahlil qilish, yot hidlar taʼsirining oldini olish usullari va turli obʼyektlarni, shu jumladan transport vositalari hamda odamlar gavjum boʻlgan joylarni tekshirishni oʻz ichiga oldi. Alohida modullar xizmat itlarining farovonligi va ularning operativ tayyorgarligini saqlashga bagʻishlandi.

Mashgʻulotlarda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va axborot almashishga alohida urgʻu berildi. Ishtirokchilar taqiqlangan buyumlarning noqonuniy chegaralararo harakatlanishiga chek qoʻyish samaradorligini oshirish uchun standart operatsion protseduralarni kelishib oldilar.

Bojxona idorasi Milliy kinologiya markazi direktori polkovnik Farrux Qahhorov qoʻshma oʻquv tadbirlarini davom ettirish va mintaqa idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini taʼkidladi. YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori elchi Antti Karttunen oʻzbekistonlik instruktorlar Buyuk Britaniyada olingan bilimlarni hamkasblariga oʻtkazganliklarini, bu esa oʻqitish samarasini butun Markaziy Osiyo mintaqasiga yoyish imkonini berishini qayd etdi.

Trening Germania, Shvetsiya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Finlyandiya va Frantsiyaning moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgan YEXHTning chegaralararo tahdidlarga qarshi kurashish salohiyatini mustahkamlash boʻyicha byudjetdan tashqari loyihasi doirasida boʻlib oʻtdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.