Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qilmoqda
Xitoy Oʻzbekistondagi xorijiy investorlar orasida eng yirik biznes ishtirokiga ega boʻlib, 2026 yil 1 sentyabr holatiga koʻra, mamlakatda ushbu davlatning 6 436 ta kompaniyasi faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qilmoqda
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda xorijiy investitsiya ishtirokidagi 21 490 ta korxona va tashkilot faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan 16 732 tasi toʻliq xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, 4 758 tasi esa qoʻshma korxonalardir.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni soʻnggi besh yil ichida 1,7 baravarga koʻpaydi. Shu davr mobaynida toʻliq xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning umumiy sondagi ulushi 56,2 foizdan 77,9 foizgacha oshdi.
Rossiya 3 589 ta korxona bilan ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, Turkiya 2 365 ta korxona bilan keyingi oʻrindan joy oldi. Qozogʻiston 1 345 ta, Janubiy Koreya va Afgʻoniston esa tegishli ravishda 739 va 725 ta korxonaga ega.
Ozarbayjon 503 ta korxona bilan yettinchi oʻrinni egalladi, keyingi oʻrinlardan Tojikiston (483 ta), Birlashgan Arab Amirliklari (464 ta) va Hindiston (446 ta) joy oldi.
Umuman olganda, Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi 21 490 ta korxonadan 15 412 tasi ushbu 10 ta davlat hissasiga toʻgʻri keladi.

