Oʻzbekistonda toʻqqizta gʻor va tuz koni turizm uchun tayyorlanadi
Hukumat Oʻzbekistonning toʻrtta viloyatidagi toʻqqizta gʻor va bitta tuz konidan iborat roʻyxatni tasdiqladi. Obʼyektlarni oʻrganish va sayyohlar tashrifi uchun tayyorlash rejalashtirilmoqda. Roʻyxatga Peshagor, Yaxdon, Omonqoʻton, Kiyev, Hazrati Dovud, Qorongʻi yulduz, Boybuloq, Teshiktosh va Amir Temur gʻorlari kiritilgan. Shuningdek, roʻyxatdan Xoʻjaikon tuz koni ham joy olgan. Har bir obʼyekt uchun foto va video materiallar bilan raqamli pasport yaratiladi […]

Oʻzbekistonda toʻqqizta gʻor va bitta tuz koni turizm uchun tayyorlanadi
Hukumat Oʻzbekistonning toʻrtta viloyatida joylashgan toʻqqizta gʻor va bitta tuz koni roʻyxatini tasdiqladi. Ushbu obʼyektlarni oʻrganish va sayyohlar tashrifi uchun tayyorlash rejalashtirilgan.
Roʻyxatga Peshagor, Yaxdon, Omonqoʻton, Kiyev, Hazrati Dovud, Qorongʻi yulduz, Boybuloq, Teshiktosh va Amir Temur gʻorlari kiritilgan. Bundan tashqari, roʻyxatdan Xoʻjaikon tuz koni ham joy olgan.
Har bir obʼyekt uchun fotosurat, video va 3D-modelli raqamli pasport yaratiladi. Barcha maʼlumotlar yagona elektron reyestrga kiritiladi. Sayyohlar uchun qoʻshimcha maʼlumotlarga ega QR-kodlar ham oʻrnatiladi.
Bundan tashqari, turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va koʻrsatkichlarni joylashtirish rejalashtirilgan. Gʻorlar uchun xavfsizlik talablari belgilanadi va qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlik tashkil etiladi.

