Oʻzbekistonda talabalar uchun kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi
Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov muddatlari uzaytirildi. Yangi muddatlarga koʻra, toʻlovni oʻquv yili davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkin. Birinchi kurs talabalari uchun kontrakt qiymatining 25 foizini 15 sentyabrgacha, yuqori kurs talabalari uchun esa 1 oktyabrgacha toʻlash lozim. Qolgan summa quyidagi muddatlarda toʻlanadi: Shu tariqa, talabalar kontrakt toʻlovini boʻlib toʻlashlari mumkin […]

Oʻzbekistonda talabalar uchun kontrakt toʻlash muddatlari uzaytirildi
Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oʻqish kontraktini toʻlash muddatlari uzaytirildi. Endilikda oʻquv yili davomida toʻlovni bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkin.
Birinchi kurs talabalari uchun kontrakt qiymatining 25 foizini 15 sentyabrgacha, yuqori kurs talabalari uchun esa 1 oktyabrgacha toʻlash lozim.
Qolgan summa quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
50% — 1 yanvargacha;
75% — 1 martgacha;
100% — 1 maygacha.
Shu tariqa, talabalar kontrakt toʻlovini toʻrt qismga boʻlishlari mumkin.
Bosqichma-bosqich toʻlovni amalga oshirish uchun ariza kontrakt.edu.uz elektron tizimi orqali topshiriladi.
Shuningdek, bosqichma-bosqich toʻlash imkoniyati tabaqalashtirilgan («super») kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga ham tegishli ekani qayd etilgan. Bunda dastlab oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlash lozim boʻladi.

