Oʻzbekistonda suvdan boʻlgan qarzdorlik 542 milliard sumdan oshdi

Oʻzbekistonda suvdan qarzdorlik 542 milliard soʻmdan oshdi
Oʻzbekistonda isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlaridan jami qarzi 542,6 milliard soʻmga yetdi. Ushbu summaning 430 milliard soʻmi aholi hissasiga, yana 111 milliard soʻmi yuridik shaxslarga toʻgʻri keladi.
Bu haqda 30 oktyabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida "Oʻzsuvtaʼminot" AJ vakillari maʼlum qildi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning toʻqqiz oyi davomida qarzdorligi boʻlgan 23 ming isteʼmolchi ichimlik suvi tarmogʻidan uzildi. Bundan tashqari, 122 mingta holatda umumiy summasi 265 milliard soʻmlik qarzlar sud organlariga oshirildi.
Tekshiruvlar davomida mutaxassislar 8,6 mingta qoidabuzarlikni aniqladi. Shundan 4,6 mingta holat suv quvurlari tarmogʻiga noqonuniy ulanish bilan bogʻliq boʻlgan. Zarar 112 milliard soʻmga baholandi, shundan matbuot anjumani oʻtkazilgan vaqtgacha 30 milliard soʻmi undirildi.
"Oʻzsuvtaʼminot"da shuningdek, yil boshiga nisbatan bir million soʻmdan ortiq qarzi boʻlgan yirik qarzdorlar soni 4,4 mingtaga kamayganini maʼlum qilishdi. Ularning qarzdorlik summasi 5,4 milliard soʻmga kamaydi. Xizmatlar uchun bir yildan ortiq vaqt davomida toʻlov qilmagan isteʼmolchilar soni 46,3 mingtaga yoki 4 foizga kamaydi.
Shu bilan birga, kompaniya vakillari tomonidan ochiqlangan maʼlumotlarda tafovut mavjud: umumiy qarz summasi 542,6 milliard soʻmni tashkil etadi, vaholanki aholi va yuridik shaxslarning qarzdorligi birgalikda 541 milliard soʻmga etadi. Farq 1,6 milliard soʻmni tashkil qilmoqda.

