Mahalliy

Oʻzbekistonda shifokorlar soni 112 mingdan oshdi - erkaklar koʻproq

Oʻzbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga 112 420 nafar shifokor faoliyat yuritgan. Ularning 53,6 foizini erkaklar, 46,4 foizini ayollar tashkil etgan.

Oʻzbekistonda shifokorlar soni 112 mingdan oshdi, erkaklar ulushi yuqori

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, shifokorlar soni 2024-yilga nisbatan 4 923 nafarga, yaʼni 4,6 foizga oshgan.

Jami shifokorlarning 60 282 nafari erkaklar, 52 138 nafari esa ayollardir. Shunday qilib, erkak shifokorlar ayol hamkasblaridan 8 144 nafarga koʻp.

Shuningdek, ushbu sana holatiga koʻra, mamlakatda har 10 ming nafar aholiga oʻrtacha 29,4 nafar shifokor toʻgʻri kelgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.