Mahalliy

Oʻzbekistonda pensiya xizmatlarini toʻliq raqamli formatga oʻtkazish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 sentyabr kuni davlat pensiya taʼminotini raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni tasdiqlovchi qarorni imzoladi. 2027 yil 1 yanvarga qadar xizmatlarni toʻliq interaktiv va proaktiv shakllarga oʻtkazish rejalashtirilgan. Shu sanadan boshlab Pensiya jamgʻarmasi qogʻoz shaklidagi hujjatlarni qabul qilishni toʻxtatadi.

Oʻzbekistonda pensiya xizmatlarini toʻliq raqamli formatga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

2026 yil 1 noyabrdan boshlab, ish hajmi qisqarishi yoki korxona tugatilishi sababli ishsiz qolgan shaxslarga yoshga doir pensiya belgilangan muddatdan ikki yil oldin, hech qanday murojaatsiz, avtomatik tarzda tayinlanadi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi ham xuddi shunday proaktiv tarzda tayinlana boshlaydi.

Bunda proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad etish imkoniyati mavjud boʻladi.

2026 yil 1 noyabrdan boshlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali imtiyozli shartlarda — zararli va ogʻir sharoitlarda ishlaganlar, shuningdek, umumiy belgilangan yosh qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar uchun pensiya rasmiylashtirish mumkin boʻladi.

2026 yil 1 dekabrdan boshlab quyidagilar onlayn tarzda yoʻlga qoʻyiladi:

·       pensiyaning boshqa turiga oʻtish uchun murojaat qilish (agar yangi pensiya amaldagisidan kam boʻlsa, avvalgi pensiya turi oʻzgarishsiz qoladi);

·       arxiv yoki tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ish staji va ish haqi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha elektron maʼlumotlar asosida pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun murojaat qilish.

2027 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilarni onlayn tarzda amalga oshirish mumkin boʻladi:

·       pensiya toʻlovini naqd pul shakliga oʻtkazish va toʻxtatib qoʻyilgan toʻlovni tiklash;

·       sud qarorlari, ajrimlari, qaror va hukmlari, ijro hujjati va boshqa qarorlar asosida pensiya summasidan ushlanmalar toʻgʻrisida, shuningdek, hisoblangan pensiya va ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlangani haqida maʼlumot olish;

·       yashash joyi oʻzgarishi munosabati bilan pensiya yigʻmajildini hisobga qoʻyish.

2027 yil 1 yanvardan boshlab «Mening pensiyam» onlayn xizmati doirasida quyidagilarni amalga oshirish mumkin boʻladi:

·       pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan mehnat faoliyati davrlari, oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim olganlik (diplom) va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.