Oʻzbekistonda kriket xorijiy turistlarni jalb qiluvchi vositaga aylanadi
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi xorijiy turistlarni jalb qilish uchun kriketdan foydalanmoqchi. Buning uchun qoʻmita huzuridagi Turizm mahsulotlarini rivojlantirish loyiha ofisi va Oʻzbekiston Kriket federatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar. Tomonlar sport musobaqalarini turistik dasturlar bilan birlashtirgan holda, har yili oʻtkaziladigan Uzbekistan International Cricket & Tourism Cup xalqaro turniri va Silk Road Cricket Festival festivalini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Kriket ayniqsa […]

Oʻzbekistonda kriketni xorijiy turistlar uchun magnitga aylantirmoqchilar
Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi xorijiy turistlarni jalb qilish uchun kriketdan foydalanishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda qoʻmita huzuridagi Turistik mahsulotlarni rivojlantirish loyiha ofisi va Oʻzbekiston Kriket federatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Tomonlar sport musobaqalarini turistik dasturlar bilan birlashtirgan holda, har yili Uzbekistan International Cricket & Tourism Cup xalqaro turniri va Silk Road Cricket Festival festivalini oʻtkazish niyatida.
Kriket ayniqsa Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yanggi Zelandiya, Janubiy Afrika, Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Shri-Lankada juda ommabop. Xalqaro musobaqalarning oʻtkazilishi Oʻzbekistonga ushbu mamlakatlardan sportchilar va ishqibozlarni jalb qilishga yordam berishi kutilmoqda.
Ular uchun Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa tarixiy shaharlarga tashrifni oʻz ichiga olgan maxsus turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Tashkilotchilar, shuningdek, loyihaga turoperatorlar, mehmonxonalar, aviatsiya va temir yoʻl kompaniyalari, hunarmandlar va koʻngilochar majmualarni jalb qilishni maqsad qilganlar.
Shu tariqa, hokimiyat organlari sport tadbirlarini madaniy turizm bilan birlashtirishga va Oʻzbekistonning xalqaro turizm bozoridagi ishtirokini kengaytirishga umid qilmoqdalar.

