Mahalliy

Oʻzbekistonda koʻkrak bezi saratoni profilaktikasi oyligi – "Pushti oktyabr" boshlandi

Oʻzbekistonda «Pushti oktyabr» — koʻkrak bezi saratoni profilaktikasi oyligi boshlandi

Oʻzbekistonda koʻkrak bezi saratoni profilaktikasi va uni erta aniqlashga bagʻishlangan oylikka start berildi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda har yili qariyb 2,4 million ayolga «koʻkrak bezi saratoni» tashxisi qoʻyiladi. Agar ushbu tendentsiya saqlanib qolsa, 2050 yilga borib kasallanish holatlari soni 38 foizga, oʻlim koʻrsatkichi esa 68 foizga oshishi mumkin.

«Pushti oktyabr» 1993 yildan buyon dunyoning koʻplab mamlakatlarida oʻtkazib kelinmoqda. Uning vazifasi — ayollarning profilaktika, erta tashxis qoʻyish imkoniyatlari haqidagi xabardorligini oshirish hamda davolanayotganlarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Oʻzbekistonda koʻkrak bezi saratoni hamon ayollar oʻrtasida eng keng tarqalgan onkologik kasallik boʻlib qolmoqda. Soʻnggi yillarda tashxis qoʻyish va davolash samaradorligini oshirish borasida jiddiy qadamlar tashlanmoqda. 2025–2030 yillarga moʻljallangan bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratonini nazorat qilish davlat dasturi qabul qilindi. U skrininglarni kengaytirish, mammografiyani rivojlantirish va oʻz vaqtida davolanish uchun sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.

Har yili 45 yoshdan 65 yoshgacha boʻlgan 1,5 millionga yaqin ayolni mammografiya bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Poliklinikalarda maxsus onkonazorat xonalari ochilgan, mobil va statsionar mammograflar esa ikki smenada ishlamoqda.

Joriy aktsiya doirasida sport va maʼrifiy tadbirlar: ommaviy yugurish, bemorlar va ularning yaqinlari uchun yoga mashgʻulotlari, bepul maslahatlar va koʻriklar oʻtkaziladi. Toshkent, Samarqand, Fargʻona va boshqa hududlarda shifokorlar uchun profilaktika va bemorlar bilan ishlash boʻyicha mahorat darslari tashkil etiladi.

14 oktyabr kuni mutaxassislar, hamkor tashkilotlar va xalqaro ekspertlar ishtirokida konferentsiya boʻlib oʻtadi. Aktsiya doirasida soglomoktabr.cancercenter.uz sayti ishga tushirildi, unda oʻzbek, rus va ingliz tillarida kasallik belgilari, tashxis qoʻyish haqida maʼlumot olish va shifokor qabuliga yozilish mumkin.

Shifokorlar ayollarni tadbirlarda faol ishtirok etishga va oʻz sogʻliqlariga eʼtiborli boʻlishga chaqiradi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda bemorni saratonga qarshi kurashning barcha bosqichlarida — erta aniqlashdan boshlab, davolash va keyingi kuzatuvgacha hamrohlik qiluvchi yagona raqamli tizim yaratiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.