Oʻzbekistonda kapitalni xorijga olib chiqish boʻyicha cheklovlar yumshatildi
17 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston rezidentlari kapitalning xorijga harakatlanishi bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin boʻladi. Operatsiyalarga belgilangan yillik limitlar doirasida ruxsat etiladi. Davlat ishtirokidagi kompaniyalar xorijiy korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish uchun 100 ming dollargacha mablagʻ yoʻnaltirishlari mumkin boʻladi. Ushbu mablagʻlardan filiallar, vakolatxonalar va savdo uylarini ochish uchun ham foydalanish mumkin. Davlat ishtiroki boʻlmagan kompaniyalar uchun limit […]

Oʻzbekistonda kapitalni xorijga olib chiqish boʻyicha cheklovlar yumshatildi
17 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston rezidentlari kapitalning xorijga harakatlanishi bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin boʻladi. Bunday operatsiyalarga belgilangan yillik limitlar doirasida ruxsat beriladi.
Davlat ishtirokidagi kompaniyalar xorijiy korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish uchun 100 ming dollargacha mablagʻ yoʻnaltirishlari mumkin boʻladi. Ushbu mablagʻlardan filiallar, vakolatxonalar va savdo uylarini ochish uchun ham foydalanishga ruxsat etiladi.
Davlat ishtiroki boʻlmagan kompaniyalar uchun limit 200 ming dollar miqdorida belgilandi.
Oʻzlarining xorijdagi filiallari va vakolatxonalarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun ham cheklovlar joriy etildi. Davlat ishtirokidagi kompaniyalar 50 ming dollargacha, qolganlari esa 100 ming dollargacha mablagʻ yoʻnaltirishlari mumkin boʻladi.
Jismoniy shaxslarga xorijiy korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etish uchun 10 ming dollargacha mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat berildi.

