Mahalliy

Oʻzbekistonda ilk bor kamyob koʻrshapalak topildi

Oʻzbekistonda ilk bor kamyob koʻshapasha turi aniqlandi

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari xorijlik hamkasblari bilan birgalikda mamlakat hududida ilk bor turkman quloqdor koʻshapashasini (Plecotus turkmenicus) — kamyob va kam oʻrganilgan koʻshapasha turini qayd etdilar. U «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bogʻida topildi.

Ushbu tur juda kamyob hisoblanadi. Shu kungacha u haqdagi maʼlumotlar asosan 1970 yilgacha toʻplangan maʼlumotlarga va muzey namunalariga tayangan edi. Soʻnggi 55 yil davomida turkman quloqdor koʻshapashasi tabiiy yashash muhitida deyarli kuzatilmagan.

Bu topilma «Tabiatni muhofaza qilishda yagona salomatlik» (One Health in Nature Conservation) xalqaro loyihasi doirasida tashkil etilgan ekspeditsiya paytida amalga oshirildi. Loyiha Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) ishtirokida amalga oshirilmoqda va Germaniya Atrof-muhit vazirligining Xalqaro iqlim tashabbusi (IKI) tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi bogʻda oʻrdaklarga palaxmondan oʻq uzgan erkak jarimaga tortilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.