Mahalliy

Oʻzbekistonda gʻor turizmi rivojlantiriladi: 10 ta manzil tanlandi

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida gʻor turizmini rivojlantirish boʻyicha tajriba-sinov loyihalari amalga oshiriladi. Hukumat turistik salohiyati yuqori boʻlgan 10 ta obyekt roʻyxatini tasdiqladi. Ularda sayohat yoʻnalishlari, xavfsizlik tizimi va turistik infratuzilma yaratiladi.

Oʻzbekistonda gʻor turizmi rivojlantiriladi: 10 ta manzil belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-sentabrdagi 530-son qarori bilan Oʻzbekistonda speleoturizmni — gʻorlarga sayohat qilishga asoslangan turizm yoʻnalishini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, tanlab olingan obyektlarda zamonaviy turistik infratuzilma yaratish va sayyohlar oqimini ko‘paytirish ishlari 2026–2028-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Roʻyxatga quyidagi manzillar kiritilgan:

- Peshagʻor gʻori — Jizzax viloyati, Zomin tumani

- Yaxdon gʻori — Samarqand viloyati, Urgut tumani

- Omonqoʻton gʻori — Samarqand viloyati, Urgut tumani

- Kiyev gʻori — Samarqand viloyati, Urgut tumani

- Hazrati Dovud gʻori — Samarqand viloyati, Nurobod tumani

- Qorongʻi yulduz gʻori — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani

- Boybuloq gʻori — Surxondaryo viloyati, Boysun tumani

- Teshiktosh gʻori

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.