Oʻzbekistonda ehtiyojmand aholi soni 1,5 milliongacha kamaydi - Prezident
2026-yil boshida respublikada kambagʻallik darajasi 5,8 foiz boʻlib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu koʻrsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident bugungi yigʻilishda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yangi yondashuvlarni eʼlon qilishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda muhtoj aholi soni 1,5 millionga tushdi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni kamaytirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yil boshida respublikada kambagʻallik darajasi 5,8 foizga tushib, muhtoj aholi soni 2 million 200 ming nafarni tashkil etgan. Hozirda bu koʻrsatkich 1,5 million nafarga yetgan.
Ishni toʻgʻri tashkil etgan 49 ta tuman va 3429 ta mahalla ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududlarga aylanayotgani taʼkidlandi.
Shu bilan birga, qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5536 ta mahalladagi masʼullarning faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Prezident barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyatlar berilganini taʼkidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Yigʻilishda joylarda natija boʻlmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun masʼul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan toʻgʻri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Tuman va mahallada kambagʻallik hamda ishsizlikka masʼul xodimlarda hadik borligi, hech kim masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq koʻrsatmalar berib borishi taʼkidlandi.

