Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda bir oyda qariyb 72 milliard soʻmlik elektr va gaz oʻgʻirlandi

Oʻzbekistonda bir oyda qariyb 72 milliard soʻmlik svet va gaz oʻgʻirlandi

Avgust oyida «Oʻzenergoinspektsiya» tomonidan elektr energiyasi va gazdan noqonuniy foydalanish boʻyicha 300 dan ortiq holat aniqlandi. Dastlabki umumiy zarar qariyb 72 milliard soʻmga baholandi.

Bir oy ichida jami 321 ta energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati qayd etildi. Inspektsiya hisob-kitoblariga koʻra, 40,7 milliard soʻmlik 19 million kilovatt-soat elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

Yana 31,2 milliard soʻmlik zarar 10 million kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish hissasiga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, avgust oyida energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun 340 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Toshkent, Namangan va Navoiy viloyatlarida nasoslar, liftlar, yoritish tizimlari va tijorat obʼyektlari ishlashi uchun elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani xabar qilindi. Umumiy zarar taxminan 4,5 milliard soʻmga baholandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.