Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda banklar sof foydasi bir yilda 68 foizga ko‘paydi

Oʻzbekistonda banklarning sof foydasi bir yil ichida 68 foizga oshdi

O‘zbekistondagi banklar sof foydasi bir yilda 5 trln so‘mga ko‘payib, 68 foiz o‘sdi. Bu haqda Markaziy bank hisobot berdi.

2026-yil yanvar–iyul oylarida mamlakatdagi tijorat banklarining sof foydasi 12,33 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davrida 7,33 trln so‘m bo‘lgan.

Tahlillarga ko‘ra, banklarning asosiy daromad manbai ajratilgan kreditlar bo‘yicha foizlardan shakllanmoqda. Xususan, yetti oylik foizli daromadlar 84,4 trln so‘mni tashkil etgan (bir yil avval 71,4 trln so‘m). Ayni paytda foizli xarajatlar 60,8 trln so‘mga teng bo‘lgan (bir yil oldin 49,8 trln so‘m). Foizli marja esa 23,6 trln so‘mni tashkil qilgan.

Qayd etilishicha, yanvar—iyul oylarida banklarning foizsiz daromadlari 61,5 trln so‘mga yetgan (yillik o‘sish 20 trln so‘m). Foizsiz xarajatlar esa 20,3 trln so‘mni tashkil etgan.

2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, banklardagi depozitlar hajmi 482,7 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 360,4 trln so‘m edi. Natijada yillik miqdor qariyb 122 trln so‘mdan ziyodga, ya’ni 34 foizga oshgan. Bank tizimi ajratgan kredit qoldig‘i esa 644,6 trln so‘mni tashkil etib, bir yil oldingiga nisbatan 68,4 trln so‘mga ko‘paygan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.