Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda Airbnb platformasi faoliyati rivojlantiriladi

Oʻzbekistondagi joylashtirish obyektlari sonini platformada koʻpaytirish, mahalliy uy egalari va tadbirkorlarni jalb qilish, xizmat koʻrsatish hamda xavfsizlik standartlarini taʼminlash bogʻliq amaliy hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Oʻzbekistonda Airbnb platformasi faoliyati rivojlantiriladi

Oʻzbekiston elchixonasi tashabbusi hamda Turizm qoʻmitasi huzuridagi Milliy PR-markazi ko‘magida Airbnb onlayn-platformasi vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralarda Airbnb federal masalalar boʻyicha rahbari Akila Pauell va xalqaro munosabatlar siyosati boʻyicha masʼul Nayana Renu Kumar qatnashdi.

Uchrashuvda 2025-yilda Oʻzbekistonga qariyb 12 million xorijiy sayyoh kelgani, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida esa bu ko‘rsatkich 7,8 millionni tashkil etgani qayd etildi. Shuningdek, joriy yilning birinchi yarmida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida 13,4 milliondan ortiq ichki safar amalga oshirilgani taʼkidlandi.

Tomonlar ushbu raqamlardan kelib chiqib, vaqtinchalik turar joylarni izlash va bron qilish bo‘yicha dunyoda yetakchi platforma hisoblangan Airbnb faoliyatini Oʻzbekistonda rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunida Oʻzbekistondagi joylashtirish obyektlari sonini platformada ko‘paytirish, mahalliy uy egalari va tadbirkorlarni jalb qilish, xizmat koʻrsatish hamda xavfsizlik standartlarini taʼminlashga doir amaliy hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.