Mahalliy

Oʻzbekistonda agrosugʻurtani bogʻlar va uzumzorlardagi daraxtlar hamda koʻchatlarga, shuningdek, import qilinadigan chorva mollariga ham kengaytirish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi qamrovini kengaytirish, unga bogʻ va uzumzorlardagi daraxt hamda koʻchatlarni, shuningdek, import qilinadigan chorva mollarini kiritish rejalashtirilmoqda. Sugʻurta mukofotlarining bir qismini zararning oldini olishga — hayvonlarni emlash, veterinariya va oʻsimliklarni tabiiy ofatlardan himoya qilishga yoʻnaltirish taklif etilmoqda.

Oʻzbekistonda agrosugʻurtani kengaytirish, unga bogʻ va uzumzorlardagi daraxt hamda koʻchatlarni, shuningdek, import qilinadigan chorva mollarini kiritish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi qamrab oladigan obʼyektlar va xavf-xatarlar (risklar) roʻyxatini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbuslar 25 sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.

Sugʻurta tizimiga bogʻ va uzumzorlardagi koʻchatlar va daraxtlarni, import qilinadigan chorva mollarini, shuningdek, tasodifiy hodisalar bilan bogʻliq xavf-xatarlarni qoʻshish koʻzda tutilmoqda. Bundan tashqari, chorvachilik, poliz ekinlari, kartoshka va piyoz yetishtirishni sugʻurtalash boʻyicha yangi sugʻurta mahsulotlarini joriy etish moʻljallangan.

2027 yilgacha 45 mingta qishloq xoʻjaligi korxonasini sugʻurta bilan qamrab olish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sugʻurta qoplamasini 60 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 500 nafar mustaqil ekspert tayyorlash va sugʻurta xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda.

«Yangi yondashuv doirasida zarar oqibatlarini qoplash bilan birga, xavf-xatarlarning oldini olishga ustuvor ahamiyat qaratiladi», — deyiladi xabarda.

Buning uchun sugʻurta mukofotining 3−5 foizini maxsus jamgʻarmaga yoʻnaltirish taklif etildi. Ushbu mablagʻlarni chorvachilikda vaktsinatsiya, profilaktika va veterinariya xizmatlariga, gʻoʻza va gʻallachilikda biologik himoyaga, shuningdek, bogʻ va uzumzorlarda tabiiy ofatlardan himoya qilish vositalarini oʻrnatishga sarflash koʻzda tutilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, hozirda agrosugʻurtaning koʻplab jarayonlari Agrosafe axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan — ariza berish, shartnoma va polisni rasmiylashtirishdan tortib, monitoring, ekspertiza va tovon pulini toʻlashgacha.

Prezident jarayonlarning shaffofligini, sugʻurta hodisalarini adolatli baholashni va tovon pullarini tezkor toʻlashni taʼminlash boʻyicha topshiriq berdi. Mutasaddilarga takliflarni takomillashtirish va tegishli huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritish vazifasi yuklatildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.