Oʻzbekistonda 19 sentyabr kuni Butunjahon tozalik kuniga bagʻishlangan ommaviy ekoaktsiya boʻlib oʻtadi
19 sentyabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni — World Cleanup Day 2026 munosabati bilan «Hayot uchun joy boʻshating!» ommaviy plogging-ekoaktsiyasi boʻlib oʻtadi. Aktsiya soat 11:00 da Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etiladi. Ishtirok etish uchun aholi, davlat organlari, OAV va biznes vakillari taklif etiladi. Tadbirning asosiy maqsadi — atrof-muhitni tozalash uchun jamoatchilikni birlashtirish […]

Oʻzbekistonda 19 sentyabr kuni Butunjahon tozalik kuniga bagʻishlangan ommaviy ekoaktsiya boʻlib oʻtadi
19 sentyabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni — World Cleanup Day 2026 munosabati bilan «Hayot uchun joy boʻshating!» shiori ostida ommaviy plogging-ekoaktsiyasi boʻlib oʻtadi.
Soat 11:00 da boshlanadigan aktsiya tashkilotchisi Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hisoblanadi. Ishtirok etish uchun aholi, davlat organlari, OAV va biznes vakillari taklif etiladi.
Tadbirning asosiy vazifasi — atrof-muhitni chiqindilardan tozalash uchun jamoatchilikni birlashtirish va tabiatga masʼuliyat bilan yondashishga eʼtibor qaratishdir.
Ekoaktsiya bir vaqtning oʻzida mamlakatning 14 ta hududida boʻlib oʻtadi. Xususan, Toshkentda ishtirokchilar Yakkasaroy tumanidagi «Yunus Rajabiy» mahallasining Sharshara koʻchasida yigʻiladilar. Nukusda tozalash ishlari Doʻstlik kanali boʻylab, Samarqandda — Toshkent koʻchasida, Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida esa — «Chimyon» MFYda boʻlib oʻtadi.
Tadbirlar, shuningdek, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida ham oʻtkaziladi.
Tashkilotchilar aholini aktsiyaga qoʻshilishga va atrof-muhit tozaligini saqlashga oʻz hissalarini qoʻshishga chaqiradi.

