Oʻzbekistonda 10 oktyabr kuni «Avtomobilsiz kun» aktsiyasi boʻlib oʻtadi
10 oktyabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aktsiyasi oʻtkaziladi. Ekologiya qoʻmitasi fuqarolar va tashkilotlarni ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga hamda imkon qadar shaxsiy transportdan voz kechishga chaqirdi. Aktsiya avtomobillardan chiqadigan zararli chiqindilarni kamaytirish hamda jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologik harakatlanish vositalarini ommalashtirishga qaratilgan. «Toza havo» umummilliy loyihasi doirasida «Avtomobilsiz kun» aktsiyasi […]

Oʻzbekistonda 10 oktyabr kuni «Avtomobilsiz kun» aktsiyasi boʻlib oʻtadi
10 oktyabr kuni Oʻzbekistonning barcha hududlarida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aktsiyasi boʻlib oʻtadi. Ekologiya qoʻmitasi fuqarolar va tashkilotlarni ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga hamda imkon qadar shaxsiy transportdan voz kechishga chaqirdi.
Aktsiya avtomobillardan chiqadigan zararli chiqindilarni kamaytirish hamda jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologik harakatlanish vositalarini ommalashtirishga qaratilgan.
«Toza havo» umummilliy loyihasi doirasida «Avtomobilsiz kun» va «Avtomobilsiz hafta» aktsiyalari har oyning 10 va 25-kunlarida oʻtkaziladi. Prezident farmoniga koʻra, ushbu tadbirlar vaqtida davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat avtomobillaridan foydalanish taqiqlangan.

