Sport

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo oʻyinlarini yirik gʻalaba bilan boshladi

Yaponiyadagi Osiyo oʻyinlari guruh bosqichining birinchi turida futbolchilarimiz Filippinni 5:1 hisobida magʻlub etdi.

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo oʻyinlarida ishonchli start oldi

Yaponiyaning Nagoya shahrida XX yozgi Osiyo oʻyinlarining futbol turniri boshlandi.

Guruh bosqichining ilk oʻyinida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Filippin bilan toʻqnash keldi va 5:1 hisobida yirik gʻalabaga erishdi. Gollarga Muhammadali Oʻrinboyev, dublga erishgan Saidumarxon Saidnurullayev, Roʻziboy Fayzullayev va Muhammadali Reimov mualliflik qilishdi.

Guruhning boshqa bir oʻyinida Vyetnam va Quvayt uchrashuvni durang — 1:1 hisobida yakunladi.

Bosh murabbiy Ravshan Haydarov qoʻl ostidagi jamoa 2-tur uchrashuvini 18 sentyabr kuni Quvaytga qarshi oʻtkazadi.

Osiyo oʻyinlarining futbol turnirida toʻrtta guruhga boʻlingan 15 ta jamoa ishtirok etmoqda. Oʻz guruhlarida 1 va 2-oʻrinlarni egallagan terma jamoalar pley-off bosqichiga yoʻl oladi.

Reglamentga koʻra, jamoalar tarkibidan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar, shuningdek, 23 yoshdan katta boʻlgan 3 nafar oʻyinchi joy olishi mumkin. Oʻzbekiston terma jamoasi turnirda 21 yoshgacha boʻlgan tarkib bilan ishtirok etmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad — Los-Anjeles — 2028 Olimpiadasi saralashida qatnashadigan jamoaning zarur tajriba toʻplashini taʼminlashdir.

Osiyo oʻyinlarining futbol turniri 1990 yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Unda Eron va Janubiy Koreya 3 martadan gʻolib chiqqan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston (1994 yilda), Qatar va Yaponiya oltin medallarni qoʻlga kiritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.