Mahalliy

Oʻzbekiston yoʻllarini qishga tayyorlash uchun 150 milliard soʻm ajratildi

​Oʻzbekistonda 42 371 kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 150 mlrd soʻm yoʻnaltirildi. Bu haqda brifingda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlum qildi. ​Qor va muzlamalarga qarshi kurashish uchun 1 noyabrga qadar 70,9 ming tonna texnik tuz va 113,2 ming kub metr qum zaxirasini toʻliq shakllantirish rejalashtirilgan. […]

Oʻzbekiston yoʻllarini qishga tayyorlashga 150 milliard soʻm ajratildi

Oʻzbekistonda 42 371 kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 150 mlrd soʻm yoʻnaltirildi. Bu haqda brifingda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva maʼlum qildi.

Qor va muzlamalarga qarshi kurashish uchun 1 noyabrga qadar 70,9 ming tonna texnik tuz va 113,2 ming kubometr qum zaxirasini toʻliq shakllantirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, xavfli uchastkalardagi ishlarga 18 mingdan ortiq ishchi va mexanizatorlardan iborat maxsus brigadalar jalb etiladi.

Qishda uzluksiz harakatlanishni 2 140 ta yoʻl texnikasi, jumladan, 423 ta qor tozalaydigan va qum sochadigan mashina hamda 211 ta qor tozalagich taʼminlaydi.

Qamchiq, Taxtaqoracha, Oqrabod, Choq-Choq dovonlarida, Jizzax dovonida va avtomobil yoʻllarining boshqa murakkab uchastkalarida tunu kun navbatchilik va doimiy dispetcherlik aloqasi tashkil etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.