Mahalliy

Oʻzbekiston Xitoydan olingan yangi avlod qiruvchi samolyotlarini namoyish qildi (video+foto)

Mudofaa vazirligi 30-avgust kuni namoyish etgan rolikda jami 6 ta qiruvchi samolyot koʻringan. Vazirlik hozircha ularning soni, texnik xususiyatlari va narxi borasida maʼlumotlar bermadi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Xitoydan sotib olingan yangi avlod qiruvchi samolyotlarini namoyish etdi. Vazirlik ularni "havo sarhadlarimizni qoʻriqlayotgan zamonaviy qiruvchi samolyotlar" deb atadi, ammo ularning nomini oshkor qilmadi.

Ushbu samolyotlar Xitoyda ishlab chiqarilgan J-10 qiruvchi samolyotining eksport versiyasi boʻlgan J-10CE hisoblanadi.

30-avgust kuni Mudofaa vazirligi tomonidan eʼlon qilingan videoda jami 6 ta qiruvchi samolyot koʻrsatilgan. Vazirlik hozircha ularning soni, texnik xususiyatlari va narxi haqida maʼlumot bermadi.

Kun.uz iyul oyining oxirida xitoylik harbiy kuzatuvchilar va ochiq manbalar tahlilchilariga tayanib, Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari safiga yana toʻrtta J-10CE qiruvchi samolyoti qoʻshilgani haqida xabar bergan edi. Oʻshanda na rasmiy Toshkent, na Pekin bu maʼlumotlarni tasdiqlagan yoki rad etgan edi.

Markaziy Osiyo osmonida harbiy muvozanatning oʻzgarishiga olib kelishi kutilayotgan ushbu xabar avvalroq ham mintaqada keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi.

**J-10CE qanday samolyot?**

Tahlilchilarga koʻra, texnik jihatdan bu qiruvchi samolyot Oʻzbekiston armiyasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Bir oʻrinli Chengdu J-10CE – 4,5 avlod qiruvchi samolyoti boʻlib, 2 Max – 2300 km/soat tezlikka chiqa oladi. U faol fazali antennaga ega radar (AESA) bilan jihozlangan boʻlib, bir vaqtning oʻzida bir nechta nishonni kuzatish va ularga zarba berish imkonini beradi. Oʻzbekiston harbiy havo kuchlarida foydalanilayotgan, sovetlardan qolgan MiG-29 va Su-27 samolyotlaridagi eski radarlar bunga qodir emas.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.