Oʻzbekiston va Xitoy qurilish sohasidagi loyihalarni muhokama qildi
Oʻzbekiston Qurilish vazirligi va Xitoy kompaniyalari industrial qurilish, issiqlik taʼminoti, EPC-loyihalar hamda yangi texnologiyalarni joriy etishni muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Xitoy qurilish sohasidagi loyihalarni muhokama qildi
Oʻzbekistonda Xitoy kompaniyalari bilan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohalarida hamkorlik istiqbollari, jumladan, issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлигида «China Railway Prefabricated Xinjiang Construction Development Co., Ltd.» ва «Hengkang Technology Kenya Co., Ltd.» делегацияси билан учрашув бўлиб ўтди.
Muzokaralar davomida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda qurilish va kommunal sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Yigʻma va industrial qurilish yechimlaridan keng foydalanishga alohida urgʻu berildi. Ishtirokchilar, shuningdek, ekologik toza qurilish materiallarini qoʻllash, poʻlat konstruktsiyalar ishlab chiqarish va EPC shartlari asosida kompleks loyihalarni amalga oshirishni ham tilga oldilar.
Bundan tashqari, tomonlar EPC+F va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilish va kommunal infratuzilma sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.
Muzokaralarning alohida mavzusi Oʻzbekistonda issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻldi. Tomonlar kogeneratsiya stantsiyalari va zamonaviy issiqlik markazlarini qurish, shuningdek, geotermal issiqlik nasoslari texnologiyalarini joriy etishni muhokama qildilar.
Muhokama yakunlariga koʻra, issiqlik taʼminoti sohasidagi istiqbolli loyihalar toʻgʻrisida maʼlumot almashish boʻyicha kelishuvga erishildi. Xitoy kompaniyalari taklif etilgan loyihalarni oʻrganib chiqadi va ularni moliyalashtirish hamda hamkorlik qilishning ehtimoliy shartlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, yigʻma qurilish sohasida qoʻllaniladigan Xitoy standartlari va texnik talablarini oʻrganish masalalarini ham koʻrib chiqdilar.
Tomonlar qurilish jarayonlari samaradorligini oshirish va ularning ekologiyaga taʼsirini kamaytirish uchun ilgʻor texnologiyalarni joriy etish muhimligini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar muzokaralarni ishchi tartibda davom ettirish hamda loyiha va texnik hujjatlar bilan almashishga kelishib oldilar.
Bundan tashqari, qurilish, uy-joy kommunal infratuzilmasi va issiqlik taʼminoti sohalarida aniq loyihalarni amalga oshirish uchun samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

