Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va XFK vakillari energetika, transport va suv xoʻjaligi sohalaridagi loyihalarni muhokama qildilar

Oʻzbekiston va XFK vakillari energetika, transport va suv xoʻjaligi sohalaridagi loyihalarni muhokama qildilar

Bangkokda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon bankining yillik majlislari doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha vitse-prezidenti Imad Faxurining Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muzokaralarda shuningdek, XFKning Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston boʻyicha boʻlinmasi rahbari Liza Kestner, Oʻzbekiston Markaziy banki raisi oʻrinbosari Nodirbek Ochilov, iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Qarshiboyev va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdilar.

Tomonlar mamlakatdagi keng koʻlamli islohotlarning joriy yakunlarini hamda oʻzaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilib, xususiy sektor, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga alohida urgʻu berdilar.

Suhbat davomida transport, energetika, suv xoʻjaligi va ijtimoiy infratuzilma sohalaridagi qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Xususan, Toshkent — Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish, elektr taqsimlash tizimlari va sugʻorish nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish, suv xoʻjaligida DXSh mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, hududlarda umumtaʼlim maktablarini barpo etish kabi yirik loyihalar haqida soʻz bordi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar ipoteka bozorini rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun XFKning ekspertlik salohiyatidan foydalanishni muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari boʻyicha barcha asosiy yoʻnalishlar boʻyicha koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.