Dunyo

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi

Prezidentlar huzurida 20 ta hujjatlar almashildi.

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari yoʻlga qoʻyildi

Belgrad shahrida oʻtkazilgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladi.

Davlat rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama hujjatlar almashildi, jumladan:

– Mehnat mobilligi va migratsiyasi toʻgʻrisida;

– Avtomobil transportida yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisida;

– Hududlararo hamkorlik toʻgʻrisida;

– Qishloq va suv xoʻjaligi hamda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida;

– Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish toʻgʻrisida;

– Qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Turizm va madaniy safarlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Oʻrta yoʻlakni qoʻllab-quvvatlash borasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Temir yoʻl infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qoʻshma filmlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida;

– 2026-2028 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida;

– Mehnat xavfsizligi va sogʻliqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Nogironligi boʻlgan shaxslarni himoya qilish va ularning jamiyatdagi mavqeini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Raqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida;

– Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom oʻlkasi oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.