Mahalliy

Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston rahbari Rossiya yetakchisini Davlat Dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabrikladi, shuningdek, parlamentning yangi tarkibiga sermahsul faoliyat tiladi.

Suhbat davomida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish kontekstida Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yigʻilishlarini, shuningdek, Rossiyada Oʻzbekiston madaniyati kunlarini samarali oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar, shuningdek, boʻlajak ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.