Mahalliy

Oʻzbekiston va Malayziya qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Malayziya vakillari oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi, yogʻ-moy sanoati va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston va Malayziya agrosanoat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda.

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev, Malayziyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rafida Abdul Aziz, Malayziya palma yogʻi kengashi (MPOC) bosh direktori Belvender Sron va Malayziya delegatsiyasining boshqa aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, tomonlar oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar davomida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, yogʻ-moy sanoatini rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro ilgʻor tajribalarni oʻrganish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, qiymat zanjirlarini kengaytirish va istiqbolli sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv hozirda Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Oziq-ovqat xavfsizligi va innovatsiyasi: Markaziy Osiyo uchun palma yogʻi yechimlari” xalqaro forumi doirasida boʻlib oʻtdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.