Mahalliy

Oʻzbekiston va JBIC sogʻliqni saqlash hamda qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni muhokama qildi

Oʻzbekiston va JBIC sogʻliqni saqlash hamda qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni muhokama qildi

8 oktyabr kuni Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) katta boshqaruvchi direktori va direktorlar kengashi aʼzosi Xiroki Sekine bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda, shuningdek, bankning Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika boʻyicha mintaqaviy rahbari Koxey Toyoda, JBIC’ning Oʻzbekistondagi vakili Botir Mutalov, energetika loyihalarini moliyalashtirish departamenti bosh direktori Yoxey Xigashida va boshqa masʼul shaxslar ishtirok etdi.

Suhbat davomida tomonlar oʻzaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, amaldagi tashabbuslarni kengaytirish va istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni koʻrib chiqdilar. Sogʻliqni saqlash va energetika kabi strategik muhim sohalarda, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan faol foydalanishga urgʻu bergan holda, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar loyihalarni amalga oshirishga Yaponiya kompaniyalarini jalb etish va moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish masalalari boʻyicha fikr almashdilar. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va barcha asosiy yoʻnalishlar boʻyicha faol fikr almashishni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.