Mahalliy

Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning KIND tashkiloti qoʻshma investitsiya kompaniyasini tashkil etish rejalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning Koreya xorijiy infratuzilma va shaharlarni rivojlantirish korporatsiyasi (KIND) aeroportlarni modernizatsiya qilish, "aqlli" shaharlarni rivojlantirish va yoʻl qurilishini oʻz ichiga olgan infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun qoʻshma investitsiya kompaniyasini tashkil etishni muhokama qildilar.

Oʻzbekiston va Janubiy Koreyaning KIND tashkiloti qoʻshma investitsiya kompaniyasini tashkil etish rejalarini muhokama qildi

21 oktyabr kuni Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Ibrohim Ergashev hamda Janubiy Koreya delegatsiyasi oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Muhokamalar aeroportlarni modernizatsiya qilish, «aklli» shaharlarni rivojlantirish va yoʻl infratuzilmasini yaxshilash sohalarida mumkin boʻlgan hamkorlikka qaratildi. Ishtirokchilar, shuningdek, investitsiyalarni jalb qilish, moliyaviy hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma loyihalar uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilash yoʻllarini koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiya kompaniyasini tashkil etish boʻyicha ishlarni jadallashtirishga, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini baholashga hamda ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.