Oʻzbekiston va IQVIA farmatsevtikani raqamlashtirishni muhokama qildi
Abdulla Azizov va IQVIA vakillari tibbiy texnologiyalarni baholashni joriy etish, maʼlumotlar tahlili va dori-darmon yetkazib berishni raqamli monitoring qilishni koʻrib chiqdilar.

Oʻzbekiston va IQVIA farmatsevtikani raqamlashtirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va IQVIA xalqaro kompaniyasi milliy sogʻliqni saqlash tizimiga raqamli yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini koʻrib chiqdi.
Kompaniya vakillari bilan uchrashuvni agentlik direktori Abdulla Azizov oʻtkazdi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri IQVIA’ning tibbiy texnologiyalarni baholash (HTA) sohasidagi xalqaro tajribasini qoʻllash boʻldi. Tomonlar, shuningdek, tibbiy maʼlumotlar tahlili va dori vositalari yetkazib berilishini monitoring qilish uchun raqamli vositalarni yaratishni muhokama qildilar.
Kompaniya vakillari turli mamlakatlarda amalga oshirilgan loyihalar, shuningdek, analitik platformalarning imkoniyatlari haqida soʻzlab berdilar.
Xususan, davolash xarajatlarini prognoz qilish, onkologik bemorlarni davolash jarayonlarini kuzatib borish va sogʻliqni saqlash tizimi shaffofligini oshirish uchun maʼlumotlar tahlilidan foydalanish haqida soʻz bordi.
Ishtirokchilar birgalikdagi tashabbuslarni shakllantirish, ekspertlar oʻrtasida tajriba almashish va Oʻzbekistonda raqamli yechimlarni joriy etishning keyingi bosqichlarini belgilashga alohida eʼtibor qaratdilar.
Xabarda tashabbuslarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mumkin boʻlgan loyihalarning parametrlariga aniqlik kiritilmagan.

