Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida yangi muntazam aviaqatnov ochilmoqda
28-sentabrdan boshlab Toshkent–Haydarobod–Toshkent yoʻnalishi boʻyicha haftasiga ikki marta muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida yangi muntazam aviaqatnov yoʻlga qoʻyilmoqda.
Parvozlar “Centrum Air” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga ikki marta “Airbus A320neo” samolyotlarida amalga oshiriladi.
Hindistonning Haydarobod shahrida Oʻzbekiston elchixonasi, aviakompaniya hamda ikki mamlakatning turizm va ishbilarmon doiralaridan iborat vakillar ishtirokida yangi yoʻnalish taqdimoti oʻtkazildi.
Taqdimot davomida Oʻzbekistonning turizm salohiyati, mehmonxona infratuzilmasi va dam olish maskanlari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari oʻrtasida B2B formatida uchrashuvlar ham tashkil etildi.

