Oʻzbekiston va Eron prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkian bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev eronlik hamkasbini tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, oilaviy farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Muloqot davomida tomonlar Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy va […] sohalardagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Eron prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkian bilan muloqot qildi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev eronlik hamkasbini tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, oilaviy farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka, shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Telefon orqali muloqot ikki mamlakat rahbarlarining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish doirasidagi navbatdagi aloqasi boʻldi.

