Mahalliy

Oʻzbekiston va BMT kritik infratuzilmani himoya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

2026 yil 14 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida zaif obʼyektlar va kritik infratuzilmani terrorchilik tahdidlaridan himoya qilish masalalari boʻyicha uch kunlik milliy chuqurlashtirilgan maslahatlashuvlar boshlandi. Tadbir Oʻzbekiston va BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi (TQKB) oʻrtasidagi 2026–2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik «Yoʻl xaritasi»ni amalga oshirish doirasida oʻtkazilmoqda. Tashkilotchilar sifatida BMT TQKB Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda chiqdi […]

Oʻzbekiston va BMT kritik infratuzilmani himoya qilish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqda

2026 yil 14 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida zaif obʼyektlar va kritik infratuzilmani terrorchilik tahdidlaridan himoya qilishga bagʻishlangan uch kunlik milliy chuqurlashtirilgan konsultatsiyalar boshlandi.

Tadbir Oʻzbekiston va BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi (TQKB) oʻrtasidagi 2026–2027 yillarga moʻljallangan hamkorlik boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ni amalga oshirish doirasida oʻtkazilmoqda. Tashkilotchilar sifatida BMT TQKB, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Davlat xavfsizlik xizmati va IIV Akademiyasi bilan hamkorlikda chiqmoqda.

Konsultatsiyalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sohaviy vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, strategik korxonalar mutaxassislari ishtirok etmoqda. Maʼruzachilar sifatida BMT TQKB hamda BMT Xavfsizlik Kengashi Terrorizmga qarshi kurash qoʻmitasi Ijroiya direktsiyasi ekspertlari chiqish qilmoqda. Xalqaro mutaxassislar kritik obʼyektlarni himoya qilish sohasidagi ilgʻor tajribani taqdim etadilar.

Konsultatsiyalar davomida obʼyektlarni himoya qilishning tezkor va texnik choralari, terrorchilik hujumlarining oldini olish va masʼul tuzilmalarning ularga javob qaytarishga tayyorligi koʻrib chiqiladi.

Konsultatsiyalar yakunlari boʻyicha milliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.