Oʻzbekiston va Belarus qoʻshma ishlab chiqarishlarni faolroq rivojlantirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Belarus qoʻshma ishlab chiqarishni faolroq rivojlantirishga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va «Minsk» erkin iqtisodiy zonasi sanoat sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar. Tomonlar Belarus va Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini ilgari surish, shuningdek, qoʻshma loyihalarni ishga tushirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston tomoniga «Minsk» EIZning investitsiyaviy salohiyati va rezident-korxonalarning yuqori texnologiyali mahsulotlari taqdim etildi. Ikki mamlakat kompaniyalari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasi istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Erkin iqtisodiy zona maʼmuriyati rahbari Anatoliy Kalinin Oʻzbekiston biznesini qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun ushbu maydonchadan foydalanishga taklif qildi. Uning soʻzlariga koʻra, u yerda amal qilayotgan imtiyozli sharoitlar yangi innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etish imkonini beradi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga keyingi sanoat oʻsishi uchun qoʻshni va hamkor bozorlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi. Xususan, Belarus murakkab komponentlar, texnologiyalar, injiniring va standartlar yetkazib beruvchilardan biri sifatida koʻrilmoqda.

