Oʻzbekiston TIV rahbari hamkasblari bilan MDH sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida ishtirok etdi. Uchrashuv Turkmanistondagi «Avaza» turistik zonasida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar MDH Davlat rahbarlari kengashining boʻlajak yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Baxtiyor Saidov savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport logistikasini, raqamli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi […]

Oʻzbekiston TIV rahbari hamkasblari bilan MDH sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etdi. Tadbir Turkmanistondagi «Avaza» turistik zonasida boʻlib oʻtdi.
Yigʻilganlar MDH Davlat rahbarlari kengashining boʻlajak yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni koʻrib chiqdilar.
Baxtiyor Saidov savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport logistikasi, raqamli hamkorlik va gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi. Bundan tashqari, tomonlar zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga birgalikda qarshi kurashish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Bugun Turkmanistonga, shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham amaliy tashrif bilan keldi. Uning samolyoti Turkmanboshi shahri aeroportiga qoʻndi, u yerda davlat rahbarini Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

