Oʻzbekiston suv havzalarida xavfsizlik kuchaytiriladi: Favqulodda vaziyatlar vazirligi gʻavvos-qutqaruvchilarni tayyorlaydi
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ixtisoslashtirilgan qutqaruv otryadini jamlash uchun qutqaruvchi-gʻovvoslarni tayyorlashni tashkil etish topshirildi. Bu davlat rahbarining «Suv omborlari hududlari va ularga tutash zonalardan foydalanishni tartibga solish hamda ularda xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan. Oʻqitish dual tizim asosida «Suv obʼyektlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish» kasbiy taʼlim yoʻnalishi boʻyicha […]

Oʻzbekiston suv havzalarida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi: FVV gʻavvos-qutqaruvchilarni tayyorlaydi
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ixtisoslashtirilgan qutqaruv otryadini jamlash uchun gʻavvos-qutqaruvchilarni tayyorlashni tashkil etish topshirildi. Bu davlat rahbarining «Suv omborlari va ularga tutash hududlardan foydalanishni tartibga solish hamda ularda xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan.
Tayyorgarlik FVV Akademiyasi huzuridagi Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumida dual tizim asosida «Suv obʼyektlarida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish» professional taʼlim yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, idoraga turizm obʼyektlari xodimlari, koʻngilli qutqaruvchilar va yosh volontyorlarni favqulodda vaziyatlarda oʻzini tutish qoidalari hamda birinchi yordam koʻrsatishga oʻrgatish topshirildi.
Qarorda, shuningdek, xavflarni baholash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish ham nazarda tutilgan. Suv havzalari, suv omborlari va ularga tutash hududlarda joylashgan turizm obʼyektlari uchun xavfsizlik pasportlarini ishlab chiqish majburiy boʻladi.
Xavflarni baholashda sel, suv toshqini, toʻgʻonlardagi avariyalar, koʻchki, yongʻin va boshqa tabiiy hamda texnogen hodisalar xavfi hisobga olinadi. Ushbu chora-tadbirlar turistlar xavfsizligini oshirish va favqulodda vaziyatlar ehtimolini kamaytirishga qaratilgan.

