Oʻzbekiston standartlar instituti yangi vakolatlarga ega boʻldi
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash qoidalari hamda institut ustavi tasdiqlandi. Hujjatlar milliy sifat tizimini isloh qilish va xalqaro standartlarga oʻtish doirasida qabul qilindi.

Oʻzbekiston standartlar institutiga yangi vakolatlar berildi
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 7 sentyabrdagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 472-son qarori bilan ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yil 16 fevraldagi PF-25-son Farmonga muvofiq, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi samarasiz nazorat tizimi bekor qilindi, shuningdek, mahsulotlarning bozor nazorati joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, sanoatda xalqaro standartlarni qoʻllashga hamda milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilarining mustaqil faoliyatiga toʻliq oʻtish amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston standartlar instituti unga Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qoʻshib olish yoʻli bilan qayta tashkil etildi.
Institutning asosiy vazifalari:
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2026 yil 9 sentyabrdan kuchga kirdi.

