Oʻzbekiston sentyabrda eng yirik oltin xaridorlari uchligiga kirdi

Ўзбекистон sentyabr oyida oltin sotib oluvchi eng yirik uchta mamlakat qatoridan joy oldi
Ўзбекистон Markaziy banki 2026 yilning sentyabr oyida 7 tonna oltin xarid qilib, dunyodagi qimmatbaho metalning eng yirik xaridorlari uchligiga kirdi. Bir oy davomida dunyo markaziy banklari umumiy hisobda oltin zaxiralarini 61 tonnaga oshirdi — bu yil boshidan beridagi eng yuqori oylik koʻrsatkichdir.
Jahon oltin kengashi (World Gold Council) maʼlumotlariga koʻra, eng koʻp oltinni Polsha va Xitoy sotib olgan. Ўзбекиstondan tashqari, Qozogʻiston, Iordaniya, Chexiya va Boliviya ham oʻz oltin zaxiralarini koʻpaytirdi.
2026 yil boshidan buyon jahon markaziy banklarining sof oltin xaridlari 228 tonnani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga kam. Shunga qaramay, Ўзбекистон zaxiralarni oshirishda davom etmoqda: avgust oyida Markaziy bank yana 8 tonna qimmatbaho metal sotib olgan edi.
Avvalroq, iyul oyida Ўзбекистон, aksincha, 1 tonna oltin sotib, eng yirik oltin sotuvchilar qatoriga kirgani haqida xabar berilgan edi. Oʻshanda jahon markaziy banklarining sof xaridlari 23 tonnani tashkil etgandi.

