Oʻzbekiston sambochilari Gretsiyadagi jahon chempionatida 15 ta medalni qoʻlga kiritishdi

Oʻzbekiston sambochilari Gretsiyadagi jahon chempionatida 15 ta medal qoʻlga kiritishdi
Sambo boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Gretsiyaning Saloniki shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 15 ta medalni qoʻlga kiritdi. Jamoa hisobida uchta oltin, ikkita kumush va oʻnta bronza medali bor.
Musobaqalar kadetlar, oʻsmirlar va qizlar, shuningdek, yoshlar oʻrtasida oʻtkazildi. Turnirda jami 55 ta medallar jamlanmasi oʻynaldi, unda 40 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Yoshlar jangovar sambo boʻyicha ham kuch sinashdilar.
Oʻzbekistonga bitta oltin medalni 71 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi musobaqada gʻolib chiqqan Islom Abduzakirov keltirdi. Ozodbek Atayev 64 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi, Asadbek Matyakubov esa 58 kilogrammgacha boʻlgan vaznda bronza prizeri boʻldi. Jangovar samboda Doniyorbek Moʻminov va Baxtjan Mamutov bronza medallariga sazovor boʻlishdi.
Yakuniy kunda terma jamoa gʻaznani yana uchta medal bilan boyitdi. Akbarshoh Bibolatov kadetlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritdi, Gulnoza Matnazarova va Baxtiyor Qaldiboyev esa bronza prizeri boʻlishdi. Natijada jamoa turnirni 15 ta medal — uchta oltin, ikkita kumush va oʻnta bronza bilan yakunladi.

