Oʻzbekiston Samarqanddagi Olimpiada yakunlariga koʻra 2027 yilgi shaxmat boʻyicha Jahon kubogi ishtirokchilari roʻyxatida peshqadamlik qildi

Oʻzbekiston Samarqanddagi Olimpiada yakunlariga koʻra 2027 yilgi shaxmat boʻyicha Jahon kubogi ishtirokchilari roʻyxatida peshqadamga aylandi
Oʻzbekiston terma jamoasi 2027 yilgi FIDE shaxmat boʻyicha Jahon kubogiga yoʻllanma olgan milliy jamoalar orasida birinchi oʻrinni egalladi. mamlakat ayollar jamoasi ham turnirdagi ishtirokini kafolatladi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Samarqandda boʻlib oʻtgan Shaxmat olimpiadasi yakunlariga koʻra 2027 yilgi Jahon kubogi va ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogiga yoʻllanmalar taqsimotini eʼlon qildi.
Ochiq kategoriyada Oʻzbekiston kvalifikatsiya oʻrinlarini qoʻlga kiritgan 83 ta milliy federatsiya roʻyxatida peshqadamlik qildi. Roʻyxatda keyingi oʻrinlarni Hindiston, Germaniya, AQSh va Ozarbayjon egallagan.
Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi 45 ta milliy federatsiya orasida 13-oʻrinni egalladi. Peshqadam oʻrinlarni Xitoy, Qozogʻiston, Hindiston va AQSh egalladi.
FIDE qoidalariga koʻra, milliy federatsiyalar Olimpiadada terma jamoa sharafini himoya qilgan shaxmatchilardan qaysi biri Jahon kubogida mamlakat sharafini himoya qilishini aniqlab olishlari kerak. Sportchilar nomzodini 2027 yil 1 iyuldan 15 iyulgacha tasdiqlash zarur.
Bundan tashqari, oʻzbekistonlik ikki shaxmatchi klassik shaxmat boʻyicha amaldagi reytingga koʻra dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisi qatoridan joy oldi: Javohir Sindarov uchinchi oʻringa koʻtarildi, Nodirbek Abdusattorov esa beshinchi oʻrinni egallab turibdi.

