Dunyo

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya maxsus xizmatlari Afgʻonistondan keluvchi narkotrafik kanalini tugatdi

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Rossiya maxsus xizmatlari Afgʻonistondan giyohvand moddalar trafigi kanalini bartaraf etdi

Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Oʻzbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda Afgʻonistondan giyohvandlik moddalari kontrabandasining xalqaro kanalini tugatdi.

Tengrinews xabariga koʻra, taqiqlangan moddalarni yetkazib berish "Shimoliy yoʻnalish" boʻylab amalga oshirilgan. Birgalikda muvofiqlashtirilgan operatsiya davomida Rossiyaning Tyumen shahrida huquq-tirotibot organlari xodimlari xalqaro giyohvandlik guruhining ikki aʼzosini qoʻlga oldi. Tintuv chogʻida gumonlanuvchilardan 30 kilogramm afgʻon hashishi musodara qilindi, uning qora bozordagi taxminiy qiymati 300 ming dollarga yaqinni tashkil etadi.

Ushbu fakt boʻyicha Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari tomonidan sudgacha boʻlgan tergov harakatlari olib borilmoqda. Uch davlat maxsus xizmatlari giyohvandlik vositalarining xalqaro noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari majmuini davom ettirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.