Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotiga uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlikni boshlashni taklif qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga uchinchi mamlakatlar bilan «TDT plyus» formatidagi hamkorlikni soha vazirlarining uchrashuvlaridan boshlashni taklif qildi. U ushbu uchrashuvlar savdo, transport va investitsiyalar sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilishi kerakligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotiga uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlikni boshlashni taklif qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) uchinchi mamlakatlar bilan hamkorligini boshlash tashabbusini ilgari surdi.

«Tashkilotning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori, jumladan, tashqi sheriklar bilan ochiq va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish qobiliyatiga bogʻliq. Shu maqsadda, soha vazirlarining uchrashuvlaridan boshlab, „Turkiy davlatlar tashkiloti plyus“ formatida uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taklif etaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni Ankarada boʻlib oʻtgan TDT sammitida.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, bunday uchrashuvlar savdo, transport, investitsiyalar va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan boʻlishi kerak.

Davlat rahbari Global rivojlanishning taʼsirchan markaziga aylanib borayotgan TDTni Oʻzbekiston oʻzaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida koʻrishini taʼkidladi.

«Strategik maqsadlarimiz atrofida yanada jipslashishimiz va xalqaro maydonda umumiy manfaatlarimizni birgalikda ilgari surishimiz zarur. Biz ushbu ezgu yoʻlda yagonamiz va turkiy tilakdoshlik yoʻlida kuch-gʻayratimizni safarbar etishga tayyormiz», — dedi u.

Prezident, shuningdek, tashkilot doirasida xalqaro va mintaqaviy masalalar boʻyicha muntazam siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish, shuningdek, yondashuv va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligini taʼkidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.