Dunyo

Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi Ordeni bilan taqdirlandi

Tadbirlar dasturi doirasida Belgradda Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirdagi Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Davlat rahbari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Serbiya munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun ushbu orden bilan taqdirlandi. Mukofotni unga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, buni Serbiya xalqining Oʻzbekistonga boʻlgan yuksak hurmat-ehtiromi, mustahkamlanib borayotgan doʻstlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga boʻlgan qatʼiy intilishi ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.

Serbiya Respublikasi ordeni taniqli xorijiy arboblarga xalqlar oʻrtasidagi tinchlik, hamkorlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga, shuningdek, respublika bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.