Oʻzbekiston Mudofaa vaziri qozogʻistonlik harbiy xizmatchilarning halok boʻlgani munosabati bilan taʼziya bildirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xalmuhamedov Qozogʻiston Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasiga tashrif buyurib, Qozogʻiston Respublikasi Harbiy-dengiz floti harbiy xizmatchilarining halok boʻlgani munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etdi. Tashrif davomida Qozogʻiston xalqiga, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirildi, shuningdek, halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Ushbu tashrif doʻstona munosabatlar va yaqin hamkorlikning yorqin ifodasi boʻldi […]

Oʻzbekiston mudofaa vaziri qozogʻistonlik harbiy xizmatchilarning halok boʻlgani munosabati bilan taʼziya bildirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xalmuhamedov Qozogʻiston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Qozogʻiston Respublikasi Harbiy-dengiz kuchlari harbiy xizmatchilarining halok boʻlgani munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etdi.
Tashrif davomida Qozogʻiston xalqiga, halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirildi, shuningdek, halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Ushbu tashrif Oʻzbekiston va Qozogʻiston mudofaa idoralari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va yaqin hamkorlikning, shuningdek, hamdardlik va oʻzaro birdamlikning yaqqol tasdigʻi boʻldi.

