Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida Finlyandiya investorlari va pensiya jamgʻarmalari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida Finlyandiya investorlari va pensiya jamgʻarmalari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi

4 sentyabr kuni iqtisodiyot va moliya vaziri maslahatchisi Jasur Qarshiboyev yirik xalqaro institutsional investorlar vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muzokaralarda Finlyandiya Davlat pensiya jamgʻarmasi, Ilmarinen, Elo va Veritas qoʻshma pensiya va sugʻurta kompaniyalari, shuningdek, SOKA-BAU va Aktia Bank Oyj tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Suhbat davomida xorijiy tomonga Oʻzbekiston Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy va tarkibiy islohotlar, shuningdek, respublikaning bugungi makroiqtisodiy holati va rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Investorlar mamlakatda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va ichki moliya bozorini rivojlantirish borasidagi ishlarni yuqori baholadilar.

Xorijiy investorlar Oʻzbekiston davlat gʻaznachilik obligatsiyalari bozoriga chiqishga qiziqish bildirdilar. Uchrashuv doirasida tomonlar ichki moliya bozori imkoniyatlari, mamlakatning suveren kredit reytingini yanada oshirish, investitsiyaviy darajaga erishish, davlat qarzini samarali boshqarish, milliy valyutada moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va mahalliy kapital bozorini rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.