Oʻzbekiston Iordaniyadagi terrorchilik hujumini keskin qoraladi
Oʻzbekiston Iordaniyaning Karak provintsiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumini keskin qoraladi hamda halok boʻlganlarning oilalariga va Iordaniya xalqiga hamdardlik bildirdi.

Oʻzbekiston Iordaniyadagi terroristik hujumni keskin qoraladi
Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriantlar ishlari vaziri Ayman Safadi bilan telefon orqali muloqot yakunlari boʻyicha maʼlum qildi.
«Oʻzbekiston Iordaniyaning Karak provintsiyasida sodir etilgan terroristik hujumni keskin qoralashini yana bir bor taʼkidladik. Qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, shuningdek, Iordaniya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdik hamda jarohat olganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladik»,
Tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar va mavjud muammolarni siyosiy-diplomatik vositalar bilan hal etish, shuningdek, mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash muhimligini taʼkidladilar.
Bundan tashqari, vazirlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini, jumladan, boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va turizmni rivojlantirishni muhokama qildilar.
OAV xabarlariga koʻra, hujum 23 oktyabr kuni Xamud qishlogʻida sodir boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, uch nafar qurollangan shaxs Muqaddas Georgiy grek pravoslav cherkovi yaqinidagi dafn marosimi qatnashchilariga qarata oʻt ochgan. Iordaniya xavfsizlik kuchlari uch nafar gumonlanuvchini qoʻlga oldi.

