Oʻzbekiston ilk bor Afrika Ittifoqi huzuridagi oʻz vakilini tayinladi

Oʻzbekiston ilk bor Afrika Ittifoqi huzuridagi oʻz vakilini tayinladi
Oʻzbekiston elchisi Ashraf Xoʻjayev Afrikaning 55 davlatini birlashtirgan Afrika Ittifoqi huzuridagi mamlakatning birinchi doimiy vakili boʻldi. Tomonlar iqtisodiyot, madaniyat va gumanitar sohalarda hamkorlikni qanday rivojlantirishni muhokama qilishdi.
Xoʻjayev ishonch yorliqlarini Afrika Ittifoqi Komissiyasi raisi Mahmud Ali Yusufga 14 oktyabr kuni Addis-Abebada topshirdi.
Xoʻjayev Oʻzbekistonning Qatardagi vakili hisoblanadi, shuningdek, oʻrindoshlik asosida Janubiy Afrika Respublikasi va Efiopiyadagi elchisidir.
Yorliqlar topshirilgach, tomonlar munosabatlarni yanada rivojlantirishni muhokama qilishdi. Xususan, gap birgalikdagi tadbirlar hamda savdo, iqtisodiyot, madaniyat va gumanitar sohalardagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar haqida bordi.
Doimiy vakilning tayinlanishi Oʻzbekistonga Afrika Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlash va Afrika qitʼasi mamlakatlari bilan aloqalarni kengaytirish imkonini beradi.

