Oʻzbekiston — Eron uchrashuvini rossiyalik hakamlar boshqaradi

Oʻzbekiston — Eron uchrashuvini rossiyalik hakamlar boshqaradi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun, 21 sentyabr kuni Toshkentda yigʻinni boshladi. Fabio Kannavaro shogirdlari 24 sentyabr kuni Fargʻonada Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.
Ushbu uchrashuvni rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. FIFA hakami Kirill Levnikovga qanotlarda uning hamyurtlari Dmitriy Yermakov va Andrey Vereteshkin yordam beradi.
Eron bilan oʻyindan tashqari, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarida yana ikkita uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirgan. Xususan, Oʻzbekiston vakillari 1 oktyabr kuni Suriyaga, 6 oktyabr kuni esa Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

